Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat qabuli
янв.21
Xalq deputatlari tuman shahar Kengashlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023-yildagi davlat organlari tashkilotlari faoliyati shaffofligini baholash bo‘yicha “Ochiqlik indeksi” ma’lumotlari tahlili” mavzusida hududiy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Хalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiyalar Qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi
янв.21
Hamkorlik va nazorat
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashining yettinchi chaqiriq oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy_komissiya_yig'ilishi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Янгийўл шаҳридаги “Олмос” маҳалласида умумий узунлиги 2 км.дан зиёд бўлган маҳалла ички кўчалари йўлларига маҳаллий бюджет маблағлари ҳисобидан асфальт ёткизилмоқда.
янв.21
Bugun Respublika miqyosida tuman (shahar) Kengashlari deputatlari uchun onlayn o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov tashabbusi bilan shahar Kengashi deputatlari hamda shahardagi tashkilot rahbarlari hamda xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Malisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini namunali tashkil etish to‘g‘risida” KQ-51-V-sonli qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlab shahar hokimligida davra suhbati tashkil etildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-28-son Farmoniga muvofiq xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida mamlakatimizda davlat hokimiyatini xalqqa yanada yaqinlashtirish, xalq hokimiyatchiligi asoslarini yanada kuchaytirish uchun yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga ko‘ra hokimlar va mahalliy Kengashlarning vakolatlari bir-biridan ajratilishi belgilandi.

Farmon – mahalliy darajada davlat hokimiyatini transformatsiya qilishga, tom ma’noda xalqchil tizimni joriy etishga qaratilgan muhim siyosiy islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi, O‘zbekiston mahalliy boshqaruvi tarixida birinchi marotaba mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yangi model – “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida isloh qilishga qaratilgan qator qoida va vazifalar belgilab berildi.

Suhbat davomida Mahalliy Kengash faoliyatini tashkiliy-huquqiy jihatdan tartibga solish, mahalliy Kengash qarorlarini qonunchilik va yuridik texnika qoidalari asosida qabul qili, mahalliy Kengashning qonunlar muhokamasi hamda targ‘iboti bo‘yicha faoliyati, qonunchilikka doir takliflarni tayyorlash, mahalliy Kengash sessiyalarida hisobot (axborot)larni eshitish hamda muhokama qilish, mahalliy Kengash deputatlarining mahalliy budjet, hududni rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni shakllantirishdagi ishtiroki, ular ijrosi bo‘yicha samarali nazorat o‘rnatish, mahalliy Kengash tomonidan nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirish, mahalliy budjet mablag‘larini maqsadli yo‘naltirish, Kengash va deputat so‘rovini yuborish va uning natijalari, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi, Reglament hamda odob-axloq qoidalariga rioya etish, hujjatlar bilan ishlash, jamoatchilik bilan aloqalar, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda mahalliy Kengashning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha me’zonlari aytib o‘tildi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatidan saylangan senatorlar, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari, hokimliklar, mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillari, tadbirkorlar hamda agroklaster egalarining vohamiz aholisiga murojaati o‘qib eshittirildi.

Slide 1 of 3