Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat qabuli
янв.21
Xalq deputatlari tuman shahar Kengashlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023-yildagi davlat organlari tashkilotlari faoliyati shaffofligini baholash bo‘yicha “Ochiqlik indeksi” ma’lumotlari tahlili” mavzusida hududiy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Хalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiyalar Qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi
янв.21
Hamkorlik va nazorat
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashining yettinchi chaqiriq oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy_komissiya_yig'ilishi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Янгийўл шаҳридаги “Олмос” маҳалласида умумий узунлиги 2 км.дан зиёд бўлган маҳалла ички кўчалари йўлларига маҳаллий бюджет маблағлари ҳисобидан асфальт ёткизилмоқда.
янв.21
Bugun Respublika miqyosida tuman (shahar) Kengashlari deputatlari uchun onlayn o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
"Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi"mavzusida suxbat o‘tkazildi

Qo‘shko‘pir tuman xalq kutubxonasi binosi majlislar zalida O’zLiDeP Qo‘shko‘pir tuman Kengashi tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda O’zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Nazokat Boymurotova, tuman hokimligi vakillari hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, ilmli va tashabbuskor bo‘lishining ahamiyati muhokama qilindi. Deputatlar va mutaxassislar yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning ijtimoiy faolligi hamda yetakchilik qobiliyatini shakllantirish borasida fikr almashdilar. 

Tadbir davomida yoshlarning jamiyat hayotida faolligini oshirish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar berildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kuchaytirish, ularni ilm va izlanishga undash hamda deputatlar bilan bevosita fikr almashish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qildi.