Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat qabuli
янв.21
Xalq deputatlari tuman shahar Kengashlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023-yildagi davlat organlari tashkilotlari faoliyati shaffofligini baholash bo‘yicha “Ochiqlik indeksi” ma’lumotlari tahlili” mavzusida hududiy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Хalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiyalar Qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi
янв.21
Hamkorlik va nazorat
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashining yettinchi chaqiriq oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy_komissiya_yig'ilishi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Янгийўл шаҳридаги “Олмос” маҳалласида умумий узунлиги 2 км.дан зиёд бўлган маҳалла ички кўчалари йўлларига маҳаллий бюджет маблағлари ҳисобидан асфальт ёткизилмоқда.
янв.21
Bugun Respublika miqyosida tuman (shahar) Kengashlari deputatlari uchun onlayn o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tumanda yoshlar bilan ishlash borasida qilinayotgan ishlar holati tahlil qilindi.

Yig‘ilish kun tartibida Vobkent tumanida yoshlar muammolarining hal etilishiga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i X.Rajabov hisoboti eshitildi.

Tumanda jami 2024-yilda bandlik dasturi orqali qamrab olingan yoshlar soni 3152 nafarni tashkil etib, shundan ishsiz yoshlar 414 nafar, maktab bitiruvchilari 1440 nafar, professional ta’lim bitiruvchilari 461 nafar, hamda OTM bitiruvchilar 837 nafarni tashkil etadi.

2024-yil davomida tumandagi ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha 44 ta mahalla kesimida hamda tuman “Bandlik dasturi” asosida 414 nafar yoshlarning bandligi ta’minlangan.

Tumanda 2023/2024-o‘quv yilida 2738 nafar bitiruvchi yoshlarning 1424 nafari ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olingan, shundan OTM dan keyingi ta’lim 26 nafar, oliy ta’limga 1187 nafar, professional ta’limga 211 nafar hamda 1314 nafar mehnat bozoriga kirib kelgan bitiruvchilar bilan har bir mahalla kesimida “Bitiruvchi bandlik dasturi” ishlab chiqilib, natijada 1293 nafar yoshlarning bandligini ta’minlashga erishilgan.

Tumanda “Uychi tumani tajribasi” joriy etilib, ishsiz yoshlar soni 170 nafar va norasmiy faoliyatdagi yoshlar soni 1682 nafarni tashkil etib, 170 nafar ishsiz yoshlarning 136 nafari yoki 80,0 foizga bandligi ta’minlandi. Shuningdek, 1682 nafar norasmiy faoliyatdagi yoshlarning 1135 nafari yoki 67,5 foizga bandligi ta’minlangan

Tumanda 2024-yilning o‘tgan davr mobaynida jami 264 marotaba “Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazilib, ishtirok etgan 7128 nafar yoshlar tomonidan jami 442 ta murojaat va takliflar kelib tushgan, natijada 100,0 foizga ijobiy hal etilgan.

“Yoshlar daftari”ga tumanda jami 1514 nafar yoshlar kiritilib, “mahalla yettiligi” tavsiyanomasi bilan 1488 nafari yoki 98,3 foizga yoshlar daftaridan belgilangan tartibda chiqarilgan.

Tumanda “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yil davomida o‘tkazish amaliyoti joriy etilib, 2024-yilda 46 077 nafar yoshlar “5 tashabbus.uz” elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, natijada 45 155 nafar yoki 98 foiz yoshlar ishtirok etgan.

Tumanda yoshlarni harbiy vatanparvarlik va huquqiy savodxonlik yo‘nalishida mahallalarda bir qator tadbirlar o‘tkazilgan. Harbiy vatanparvarlik ruhida tayyorlash bo‘yicha 91 marotaba tadbirlar o‘tkazilib, 1577 nafar yoshlar, yoshlarni huquqiy savodxonligini oshirib borish yo‘nalishida 100 marotaba tadbirlar o‘tkazilib, 2170 nafar yoshlar, yoshlar jinoyatchiligini oldini olish yo‘nalishida 92 marotaba tadbirlar o‘tkazilib, natijada 2243 nafar yoshlar qamrab olindi. Xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni tartibli va xavfsiz jo‘natish bo‘yicha hududlarda xatlov o‘tkazilib, 1 156 nafar fuqaroning “mehnat migratsiyasi balansi” shakllantirilgan.

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan sohada amaliy ishlar bilan birgalikda qilinishi kerak bo‘lgan bir qator vazifalar yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tishdi.

Mazkur masala navbatdagi tuman Kengashi sessiyasida ko‘rilishi belgilangan.

Slide 1 of 3