Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga 12-“Pargos” okrugidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan "Pargos" mahalla fuqarolar yigʻinida sayyor qabuli o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida aholi mahalla hududini obodonlashtirish hamda chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatida mavjud kamchiliklar boʻyicha ma'lumotlar bildirdilar.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga deputat so‘rovlari yuborilishi belgilanib, masalalar nazoratga olindi.