Ta’lim sohasidagi islohotlar
Bugungi kunda ta’lim sohasi mamlakatning strategik ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Prezidentimiz tomonidan "Yangi O‘zbekiston – yangi ta’lim" g‘oyasi asosida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha bir qator muhim choralar amalga oshirildi. Maktabgacha ta’limdan tortib, oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda sifatli, zamonaviy, raqamlashtirilgan ta’lim tizimi shakllantirilmoqda.
Maktablarda yangi darsliklar, interaktiv metodlar, STEAM ta’limi, elektron kundaliklar va zamonaviy infratuzilmalar joriy etilyapti. Oliy ta’lim muassasalariga kirishda ochiqlik, shaffoflik ta’minlanayotgani, xorijiy universitetlar filiallarining ochilishi, talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar ta’limga bo‘lgan ishonchni yanada oshirmoqda.
Munosabat
Prezidentimiz olib borayotgan bu islohotlar har bir sohada yangilanish, taraqqiyot va islohotlar davrini boshlab berdi. Sanoat va ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar bir-biriga chambarchas bog‘liq: sanoat rivojlanishi uchun malakali mutaxassis kerak, ta’lim esa ana shu kadrlarni yetishtiruvchi asosiy maskandir.
Shuning uchun ham bu ikki sohadagi islohotlarga ijobiy munosabat bildiramiz va ularni qo‘llab-quvvatlaymiz. Yurt ravnaqi, xalq farovonligi va kelajak avlodning baxtli hayoti uchun bunday islohotlar davomli bo‘lishi shart. Biz barchamiz birgalikda Prezidentimizning islohotlarini amalga oshirishda faol ishtirok etishimiz zarur.
Qurbonboeva Shoira Raxmatullayevna
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati.