Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янги йил — эзгулик ва саховат байрами! Янги йил байрами муносабати билан Ғовозон маҳалла фуқаролар йиғинида ижтимоий ҳимояга муҳтож аҳолини қўллаб-қувватлаш мақсадида хайрия тадбири ташкил этилди. 🤝 Мазкур тадбир халк депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши депутати Ашуров Алишер Иброхимович ташаббуси билан амалга оширилиб, боқувчисини йўқотган ва ёрдамга муҳтож 35 нафар оилага 15 турдаги озиқ-овқат маҳсулотларидан иборат ёрдам пакетлари топширилди. 📦 Ёрдамлар белгиланган тартиб ва шаффофлик асосида тарқатилди. ✨ Бу каби хайрия тадбирлари аҳолининг турмуш даражасини яхшилаш, ижтимоий ҳимояни кучайтириш ҳамда байрам муносабати билан юртдошларимизга моддий ва маънавий кўмак кўрсатишга хизмат қилади. 👉 Келгусида ҳам эҳтиёжманд оилаларни қўллаб-қувватлашга қаратилган эзгу ишлар давом эттирилади.
янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгашининг ўн тўққизинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
“Kuchli Kengash – hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili amalda
янв.21
ТАРАҚҚИЁТНИНГ ЭНГ МУСТАҲКАМ ПОЙДЕВОРИ — ТАЪЛИМ ВА МАСЪУЛИЯТ
янв.21
2025-йил 29 декабр куни соат 14:00 да Янгиқўрғон туман хокимлиги биносининг 3 қават кичик мажлислар залида Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгашининг ўн тўккизинчи сессияси ўтказилади. Сессия кун тартибида Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши томонидан бир қатор масалалар тингланиб, муҳим қарорлар қабул қилинади.
янв.21
#Муносабат
янв.21
Ҳалқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгашининг "Ижтимоий соха,ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича" доимий комиссия раиси, туман кенгаши депутати Равшан Мамажонов тумандаги 11-сонли умумтаълим мактаби фаолияти билан яқиндан танишди.
янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши депутати Ёқубжонов Жахонгир Зокиржонович томонидан Қизилёзи маҳалла фуқаролар йиғини ҳудудида жойлашган 36-сонли умумтаълим мактаби ҳамда 15-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик доирасида ўрганиш ишлари олиб борилди.
янв.21
Deputat saylovchilarga hisobot berdi!
янв.21
Ҳалқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгашининг "Ижтимоий соха,ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича" доимий комиссия раиси, туман кенгаши депутати Равшан Мамажонов тумандаги "Болалар мусиқа ва саньат мактаби" фаолияти билан яқиндан танишди. Ташриф давомида мактаб фаолияти, куз-қиш мавсуми иссилик тизими ҳолати ва мавжуд муаммолар атрофлича ўрганилди.
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilda amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida Ishtixon tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Z.Abdullayevning hisoboti haqida.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-sonli Farmonining 25-maqsadida hamda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining 2024-yil 6-aprel kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlisining 10-sonli bayonnomasining 19-bandida berilgan topshirlar ijrosi yuzasidan Ishtixon tumani hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i F.Chinorovaning hisoboti haqida.

3. Ishtixon tumanida investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilda amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida Ishtixon tumani investisiyalar va tashqi savdo shu’basi Investisiya loyihalarini monitoring qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Nazarovning hisoboti haqida.

4. Ishtixon tumanida 2024-yil davomida aholi turmush tarzini yanada yahshilash maqsadida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash borasida olib borilgan ishlari hamda 2025-yilda amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida Ishtixon tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi A.G‘aniyevning hisoboti haqida.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Ishtixon tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i O.Akbarovning hisoboti haqida.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktyabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5199-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Ishtixon tumanida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi haqida Ishtixon tumani Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bosh mutaxassisi A.Tangirovning hisoboti haqida.

7. Ishtixon tumanida aholi salomatligini saqlash va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish yuzasidan 2024-yilning o‘tgan davrida amalga oshirgan ishlari va 2025-yilga mo‘ljallangan rejasi to‘g‘risida Ishtixon tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limidan Z.Egamqulovning hisoboti haqida.

8. Ishtixon tumanida 2025-yil 1-mavsumda O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq budjet” axborot portali orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan taklif loyihalarini “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risida.

9. Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil qilish to‘g‘risida. 

Slide 1 of 9