Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
“Yalang‘och ota” mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 22-“Charxini ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat G.Rasulova tomonidan “Yalang‘och ota” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning yashash sharoitlari va mavjud ehtiyojlarini o‘rganish yuzasidan manzilli tashriflar amalga oshirildi.

O‘rganish davomida Charxiy ko‘chasi, 29-uy, 12-xonadonda istiqomat qiluvchi O.Toshmatova xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy ahvoli, yashash sharoiti va mavjud ehtiyojlari bilan tanishildi.

O‘rganish jarayonida fuqaroni ishga joylashtirishda ko‘mak berilgani ma’lum bo‘ldi. Bu esa oilaning bandligini ta’minlash va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashishga qaratilgan chora-tadbirlardan biridir.

Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan oilaga vaucher asosida oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun yordam ko‘rsatilgani qayd etildi.

️Tashrif davomida oilaning ijtimoiy holati va ehtiyojlarini o‘rganish, aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4