Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI VA AHOLIGA YARATILGAN QULAYLIKLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tuman Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar, murojaatlarni qabul qilish va xizmatlarni belgilangan tartibda taqdim etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarga xushmuomalalik bilan xizmat ko‘rsatish, navbat kutish vaqtini qisqartirish, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholining huquqiy va raqamli savodxonligini oshirish muhimligi qayd etildi.

Deputat davlat xizmatlari ko‘rsatishda fuqarolar manfaatlarini ustuvor qo‘yish, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish va xizmat ko‘rsatish sifatini muntazam takomillashtirib borish zarurligiga e’tibor qaratdi.

Aholi uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Maqsad — aholiga qulay, tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish, fuqarolar roziligini ta’minlash hamda davlat xizmatlari tizimi samaradorligini oshirish.

Slide 1 of 1