Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#Deputatlik_faoliyati #Yosh_oilalar #Oltinsoy

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vakolatlar hamda deputatlik nazorati doirasida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 3-“Mustaqillik” saylov okrugidan saylangan deputat Dilbar Turopova hamda tegishli mutasaddi tashkilot vakillari hamkorligida nikohlanuvchi yoshlar bilan muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

🔍 uchrashuv davomida asosiy e’tibor qaratilgan masalalar:

⚖️ Huquqiy va ijtimoiy mas’uliyat: Bo‘lajak er-xotinlarning qonun oldidagi huquq va majburiyatlari, oilada o‘zaro hurmat hamda mas’uliyatni his etish tamoyillari tushuntirildi;

🛡 Oilaviy barqarorlik va sog‘lom muhit: Oila ajrimlari hamda nizolarning oldini olish, xonadonda ma’naviy-ahloqiy va sog‘lom muhitni shakllantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi;

❓ Savol-javob va ochiq muloqot: Yoshlarning oilaviy hayot, ijtimoiy imtiyozlar va huquqiy masalalarga oid savollari tinglanib, mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar va yo‘nalishlar ko‘rsatildi.

📋 Tadbir yakuni: Uchrashuv so‘ngida yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy va ijtimoiy savodxonligini oshirish borasida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli chora-tadbir vazifalari belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5