Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
“Yalang‘och ota” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 22-“Charxini ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat G.Rasulova tomonidan “Yalang‘och ota” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ta’lim-tarbiya, bilim olishga bo‘lgan intilish, kasb-hunar egallash hamda kelajakda jamiyatga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lib voyaga yetish masalalari yuzasidan suhbat olib borildi.

Shuningdek, o‘quvchilarga bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni rivojlantirish, milliy qadriyatlar va odob-axloq qoidalariga rioya qilish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish hamda o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yishning ahamiyati tushuntirildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Yoshlarning intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta’lim olishi va har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuvning muhim mavzularidan biri giyohvandlikning oldini olish masalasi bo‘ldi. Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari, bunday illatning inson salomatligi, ta’limi, oilasi va kelajagiga yetkazishi mumkin bo‘lgan zararli ta’siri haqida tushuntirishlar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7