Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
“Yalang‘och ota” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 22-“Charxini ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat G.Rasulova tomonidan “Yalang‘och ota” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish, ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida “mahalla yettiligi” a’zolarining fikr va takliflari tinglanib, belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, aholi muammolarini joyida hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratida.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4