Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Saylovchilar bilan uchrashuv

Bandixon tumanida deputat O.Ishpo'latov “Obod turmush” mahallasi saylovchilari bilan uchrashdi

Bandixon tumanida aholi bilan bevosita muloqotni kengaytirish, fuqarolar murojaatlarini tinglash hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga amaliy yechim topish borasida deputatlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga asosan, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati O.Ishpo'latov “Obod turmush” mahallasidagi 6-sonli maktabda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Yig‘ilishda aholi bandligini ta’minlash, hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish va davlat dasturlari ijrosini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, mahallada tikuvchilik hamda tadbirkorlik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli kreditlar olishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Muloqot yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan barcha murojaatlar deputat nazoratiga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan mas’ul idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1