Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati “Yulduz” mahallasidagi chiqindi to‘plash shoxobchasi holati deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi uchun qulay va sanitariya talablariga javob beradigan sharoitlarni ta’minlash, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada 2-“Yulduz” saylov okrugida o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbiri davomida “Yulduz” mahallasi, at-Termiziy ko‘chasidagi 36- va 38-sonli ko‘p qavatli uylar yaqinida joylashgan chiqindi to‘plash shoxobchasining sanitariya-ekologik holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida chiqindi sig‘imlarining yetarli emasligi sababli maishiy chiqindilarning shoxobchaga sig‘may, atrofga sochilib ketishi va betartib to‘planishi holatlari mavjudligi aniqlandi. Mazkur holat hududda antisanitariya muhitini yuzaga keltirib, fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2-"Yulduz" saylov okrugi deputati I.Shatova tomonidan “BIO TEXNO EKO” MCHJ bosh direktori I.Rasulovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

So‘rovda:

- chiqindi to‘plash shoxobchasi holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish;
- hududga talabga mos miqdorda qo‘shimcha yangi chiqindi baklari (konteynerlar) o‘rnatish;
- maishiy chiqindilarni belgilangan jadval asosida o‘z vaqtida olib chiqib ketishni ta’minlash;
- amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar Kengashi kotibiyatiga yozma axborot taqdim etish so‘raldi.

Mazkur masala aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, hududning sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay muhit yaratish maqsadida deputatlik nazoratida davom ettiriladi.