Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati J.Rumiy ko‘chasidagi oqova suv muammosi o‘rganilmoqda

Nazorat-tahlil tadbiri davomida “Shifokor” mahallasi, J.Rumiy ko‘chasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.

Muloqotda fuqarolar xonadonlarini markaziy oqova suv (kanalizatsiya) tarmog‘iga ulash masalasida amaliy yordam so‘radilar. Mazkur muammoni hal etish maqsadida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 3-"Shifokor" saylov okrugi deputati O.Lapasova tomonidan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i v.b. J.Choriyevga deputatlik so‘rovi yuborildi.

So‘rovda J.Rumiy ko‘chasidagi mavjud holatni mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganish, xonadonlarni oqova suv tarmog‘iga ulash imkoniyatlarini aniqlash hamda muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar yuzasidan xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyatiga yozma axborot taqdim etish belgilandi.

Aholi murojaatlari e’tiborda, muammoning amaliy yechimi deputatlik nazoratida.