Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 9-Botmon saylov okrugidan saylangan deputati Z.Turdiyev o‘z saylov okrugiga qarashli Nakurt mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan aholigа axborot berildi. Shuningdek, aholini doimiy va vaqtincha bandlikka jalb etish, kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash ishlarining samaradorligi, kambag‘al va ishsiz aholini bandlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Muloqot davomida aholini ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.