Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman hokimligi bosh mutaxassisi G‘.Eltayev tomonidan Yangi Hayot mahallasida joylashgan bozor hududi va unda aholi hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida bozor hududining obodonlashtirilishi, savdo rastalarining holati, sanitariya-gigiyena talablari, tadbirkorlar va xaridorlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda mavjud shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.