Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
46-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида назорат қилиш инспекциясининг ваколатлари аниқлаштирилмоқда
янв.21
ДЕПУТАТ САНОАТ ЗОНАСИДАГИ ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ БИЛАН ТАНИШДИ
янв.21
Пенсия хизматлари босқичма-босқич рақамлаштирилади
янв.21
ҲАФТАЛИК ИШ РЕЖАСИ ИЖРОСИ: ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
Кўп квартирали уйларни рухсатномасиз қуриш учун жавобгарлик кучайтирилади 2026 йил 28 сентябрдаги ЎРҚ–1179-сон Қонунга кўра, қурилиш-монтаж ишларини бошлаш учун қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида назорат қилувчи ҳудудий инспекциядан рухсатнома олиш талаб этилади.
янв.21
ҒАЛЛА МАЙДОНЛАРИДА СУҒОРИШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
ТИЛЛАТЕПА МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ БЕЛГИЛАРИНИ ЎРНАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ТАБРИКЛАЙМИЗ!
янв.21
КЎП ҚАВАТЛИ УЙЛАР ВА УЛАР АТРОФИДАГИ ҲУДУДЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlar tomonidan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

Deputatlar tomonidan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

Namangan shahar Ravnaq mahallasi, Amir Temur ko‘chasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Namangan shahar hokimi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov hamda shahar Kengashi deputati Yodgora Maxkamova tomonidan obodonlashtirish ishlari holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Xususan, 65-marotaba o‘tkazilishi rejalashtirilgan an’anaviy Gullar festivaliga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarning obod va ko‘rkam bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar faoliyati muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ilgari surildi.

Deputatlar tomonidan bunday o‘rganishlar aholi uchun qulay va obod muhit yaratish, hududlarni izchil rivojlantirish hamda saylovchilar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 9