Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
🚌 AVTOBUS BEKATLARIDAGI MUAMMOLAR DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, XDP a'zosi Ahmedov Shuhrat Murotovich tomonidan fuqarolar murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish davomida “Do‘mbirobod” mahallasidagi avtobus bekatlarining holati yuzasidan muammolar aniqlanib, mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.
📍 Do‘mbirobod mahallasi, 164-uy oldidagi bekatda yo‘lovchilar uchun zamonaviy va qulay bekat mavjud emas. Aholi yillar davomida yomg‘ir, qor, sovuq va issiq kunlarda transportni ochiq joyda kutishga majbur bo‘lmoqda. Avtobuslarning bekat cho‘ntagiga kirmasdan yo‘l qatnov qismida to‘xtashi, shuningdek, yo‘lovchilarning irrigatsiya lotoklaridan sakrab o‘tishi xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirmoqda.
📍 Do‘mbirobod ko‘chasi, 139-uy oldidagi bekat ham ta’mirtalab holatda. Qariyb 50 yildan buyon foydalanib kelinayotgan mazkur bekat tomidagi shiferlar eskirgan bo‘lib, yo‘lovchilarni noqulay ob-havo sharoitlaridan yetarli darajada himoya qila olmayapti.
Deputat so‘rovida 164-uy oldida zamonaviy va xavfsiz avtobus bekatini barpo etish, avtobuslarning xavfsiz to‘xtashi uchun zarur infratuzilmani tashkil etish hamda 139-uy oldidagi bekatni ta’mirlash va tom qismini yangilash masalalari ko‘tarilgan.
Aholi uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy transport infratuzilmasini yaratish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.