Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
🏗 QATORTOL MAHALLASIDA YANGI BOLALAR MAYDONCHASI VA MINI STADION

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi III-24-79-14-204-K/26-son qarori asosida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2026-yilning 2-mavsumida “Tashabbusli budjet” jarayonida g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, Qatortol mahallasi fuqarolari tashabbusi bilan 314-sonli DMTT hamda 23–24-ko‘p qavatli uylar yonida hozirda bo‘sh va qarovsiz holatda bo‘lgan, 50×15 metr maydonda zamonaviy bolalar maydonchasi va mini stadion barpo etish taklifi ilgari surilgan.
Mazkur loyiha uchun 600 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan.
Loyihaning amalga oshirilishi natijasida mahalla hududidagi qarovsiz joy obodonlashtirilib, bolalar va yoshlar uchun sport bilan shug‘ullanish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish imkonini beradigan zamonaviy va qulay maskan yaratiladi.
Bu kabi tashabbuslar — aholi taklifi va ovozi asosida hududdagi mavjud muammolarni amaliy hal etish, mahallalarda obodonlashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga xizmat qiladi.