Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
46-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида назорат қилиш инспекциясининг ваколатлари аниқлаштирилмоқда
янв.21
ДЕПУТАТ САНОАТ ЗОНАСИДАГИ ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ БИЛАН ТАНИШДИ
янв.21
Пенсия хизматлари босқичма-босқич рақамлаштирилади
янв.21
ҲАФТАЛИК ИШ РЕЖАСИ ИЖРОСИ: ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
Кўп квартирали уйларни рухсатномасиз қуриш учун жавобгарлик кучайтирилади 2026 йил 28 сентябрдаги ЎРҚ–1179-сон Қонунга кўра, қурилиш-монтаж ишларини бошлаш учун қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида назорат қилувчи ҳудудий инспекциядан рухсатнома олиш талаб этилади.
янв.21
ҒАЛЛА МАЙДОНЛАРИДА СУҒОРИШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
ТИЛЛАТЕПА МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ БЕЛГИЛАРИНИ ЎРНАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ТАБРИКЛАЙМИЗ!
янв.21
КЎП ҚАВАТЛИ УЙЛАР ВА УЛАР АТРОФИДАГИ ҲУДУДЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Avval mahalla fuqarolar yig'inida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi

#deputat_daftari #24_ta_muhim_masala
Avval mahalla fuqarolar yig'inida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Atxamjon Hamdamov tomonidan saylangan 12-Farg‘ona saylov okrugida, mahalla raisi hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari o‘rinbosari ishtirokida Hamid Olimjon mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududda elektr kuchlanishi talab darajasida emasligi, buning natijasida aholi xonadonlarida elektr energiyasidan foydalanishda qator noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.
Shuningdek, hududdagi mavjud transformator punktining quvvati va texnik holati o‘rganilib, uni zamonaviy va quvvati yuqori bo‘lgan yangi transformatorga almashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Mazkur muammo deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etilib, elektr ta’minotini yaxshilash va transformator punktini yangilash masalasini hal etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.
Masalaning ijrosi deputatlik nazoratiga olinib, muammoni amaliy hal etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilishi belgilandi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.⬇️
✅Telegram |✅Facebook | 🎬YouTube | 📱Instagram |🌐E-Kengash

Slide 1 of 3