Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
46-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида назорат қилиш инспекциясининг ваколатлари аниқлаштирилмоқда
янв.21
ДЕПУТАТ САНОАТ ЗОНАСИДАГИ ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ БИЛАН ТАНИШДИ
янв.21
Пенсия хизматлари босқичма-босқич рақамлаштирилади
янв.21
ҲАФТАЛИК ИШ РЕЖАСИ ИЖРОСИ: ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
Кўп квартирали уйларни рухсатномасиз қуриш учун жавобгарлик кучайтирилади 2026 йил 28 сентябрдаги ЎРҚ–1179-сон Қонунга кўра, қурилиш-монтаж ишларини бошлаш учун қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида назорат қилувчи ҳудудий инспекциядан рухсатнома олиш талаб этилади.
янв.21
ҒАЛЛА МАЙДОНЛАРИДА СУҒОРИШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
ТИЛЛАТЕПА МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ БЕЛГИЛАРИНИ ЎРНАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ТАБРИКЛАЙМИЗ!
янв.21
КЎП ҚАВАТЛИ УЙЛАР ВА УЛАР АТРОФИДАГИ ҲУДУДЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Limonzor" mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati va imtiyozli kreditlar samaradorligi o‘rganildi

✅Bandixon tumanida mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi xonadonlariga daromad manbalarini olib kirish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 17-Limonzor saylov okrugi deputati S.Shaydilov hamda Kotibiyat xodimi B.Qurbonov "Limonzor" mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi Farmoniga asosan joriy etilgan “Mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rgandilar.

✅Monitoring davomida Mahalla raisi hamda Hokim yordamchisi tavsiyasi bilan imtiyozli chorvachilik krediti olgan fuqaro A.Xolboyev xonadonidagi amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi. Ajratilgan kredit mablag‘i hisobidan chorvachilik yo‘nalishi yo‘lga qo‘yilgani va oilaviy daromad oshgani ijobiy baholandi.

✅Tashrif yakunida mahalladagi boshqa ehtiyojmand oilalarni ham tadbirkorlik va chorvachilikka yo‘naltirish yuzasidan "Mahalla yettiligi" faollariga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2