Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
🔰Bandlikni ta’minlash – deputat e’tiborida

🔰Bandlikni ta’minlash – deputat e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati M. Hidirova tashabbusi bilan Pahlavon mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🔹Unda mahallada aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
🔹Xususan, norasmiy mehnat qilayotgan fuqarolarni qonuniy mehnat munosabatlariga jalb etish, tadbirkorlik subektlari faoliyatini kengaytirish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, bandlik sohasida mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
🔹Uchrashuv davomida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish orqali aholi uchun barqaror daromad manbalari yaratish muhimligi ta’kidlandi.
🔹Mazkur yo‘nalishda bildirilgan taklif va murojaatlarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Slide 1 of 3