Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#_munosabat

🔰#munosabat

🔽Bola manfaatlari — aliment belgilashda asosiy mezon bo‘lishi kerak

🇺🇿Aliment masalasi, avvalo, bolaning munosib hayot kechirishi, sog‘lom voyaga yetishi va zarur ehtiyojlari ta’minlanishi bilan bog‘liq. Shu bois aliment miqdorini belgilashda faqat ota-onaning rasmiy daromadiga tayanish ayrim hollarda bolaning manfaatlarini to‘liq himoya qilish imkonini bermasligi mumkin.
👉Ayniqsa, ayrim ota-onalarning aliment miqdorini kamaytirish maqsadida haqiqiy daromadini yashirishi yoki ataylab past maoshli ishga rasmiylashishi kabi holatlar bolalar huquqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
👉Shu nuqtayi nazardan, aliment miqdorini bolaning yoshi va real ehtiyojlaridan kelib chiqib, har bir yosh toifasi uchun belgilangan minimal iste’mol savati asosida hisoblash taklifi muhim ahamiyatga ega.
👉Men deputat sifatida bunday yondashuvni qo‘llab-quvvatlayman. Chunki aliment — ota yoki onaning majburiyati emas, avvalo, bolaning qonuniy haqqi va farovonligi uchun zarur mablag‘dir. Bolaning manfaatlari har qanday holatda ham ustuvor bo‘lishi kerak.

👉Rohila Bozorova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,