Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#_munosabat

Qizamiqning og‘ir asoratlarining oldini olish — barchamizning vazifamiz

➡️Qizamiqni ko‘pchilik oddiy bolalik kasalligi sifatida qabul qilishi mumkin. Ammo uning ayrim holatlarda og‘ir va kechiktirib bo‘lmaydigan asoratlarga olib kelishi jamiyatda kasallikning oldini olishga yanada jiddiy e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi.
➡️Shifokorlar ta’kidlayotgan sklerozlovchi panensefalit kabi asoratlar qizamiq virusining inson salomatligiga uzoq muddatli ta’siri qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, bolalar salomatligini asrashda kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish muhim ahamiyatga ega.
➡️Deputat sifatida aholi o‘rtasida emlashning ahamiyati, bolalar salomatligini muhofaza qilish va profilaktika choralariga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirishni muhim deb hisoblayman.
➡️Har bir ota-ona farzandining salomatligi uchun mas’ul. Jamoaviy immunitetning yuqori bo‘lishi esa nafaqat emlangan bolani, balki turli sabablarga ko‘ra infeksiyaga qarshi himoyasi zaif bo‘lgan insonlarni ham asrashga xizmat qiladi.
➡️Sog‘lom avlod — jamiyatning eng katta boyligi. Kasallikning og‘ir oqibatlariga duch kelmaslik uchun profilaktika va emlash masalasiga mas’uliyat bilan yondashishimiz zarur.

👉Maluda Xidirova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,