Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
#Deputat_soʻrovi_ijrosi


Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 10-“Yangiqurilish” saylov okrugidan saylangan deputat Mustafaqulov Murodilla Bohodirovich tomonidan hududdagi elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Ushbu so‘rovnomada ko‘chada joylashgan yaroqsiz holatga kelib qolgan eski tayanch ustunini yangi beton ustunga almashtirish masalasi ilgari surilgan.

Yuborilgan deputatlik so‘rovi tegishli soha mas’ullari tomonidan qisqa fursatda o‘rganib chiqildi. Maxsus texnika va mutaxassislar jalb etilgan holda, eski tayanch ustuni demontaj qilinib, o‘rniga yangi va mustahkam beton ustun o‘rnatildi.

Bajarilgan amaliy ishlar natijasida ushbu hududda elektr energiyasi ta’minotining xavfsizligi va barqarorligi oshirilib, aholining murojaati ijobiy yechim topdi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3