Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
#Kengash_raisi #Kotibiyat_mudiri #Kotibiyat_xodimi #Okrugda_o‘rganish #MurojaatlarDaftari #Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahalla

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputat Mamatmuratov Azamat Karamatovich tomonidan saylov okrugiga qarashli “Guliston” mahallasida aholi xonadonlariga tashrif buyurilib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari xonadonbay o‘rganilmoqda.

O‘rganish jarayonida, avvalo, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbalarini yaratish, mavjud muammolarini aniqlash hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni manzilli hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur o‘rganishlarda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi A.Turdiyev, Kengash Kotibiyati mudiri M.Xujanov, Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov, shuningdek, tegishli mas’ullar ishtirok etdi.

Xonadonlar kesimida aniqlangan muammo va murojaatlar tegishli tartibda “Murojaatlar daftari”ga qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilanmoqda.

Fuqarolar murojaatlarining ijrosi va ko‘tarilgan masalalarning amaliy hal etilishi deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5