Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
#Kengash_raisi #Okrugda_o‘rganish #24_ta_masala #Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahalla

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich tumandagi “Tog‘ay Murod” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida Kengash raisi mahalla hududidagi ko‘chalar va piyodalar yo‘lakchalarini tartibga keltirish, infratuzilma holatini yaxshilash hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy jarayonlar bilan tanishdi.

Piyodalar yo‘lakchalarini betonlash va ta’mirlash: Mahalla ko‘chalari chetidagi piyodalar yo‘lakchalarini tekislash va beton qoplamasi yotqizish ishlari bajarilmoqda.

Ish jarayoni va sifat nazorati: Deputat hamda mahalla mas’ullari qurilish va obodonlashtirish ishlarini bevosita kuzatib, ishlar sifatli va belgilangan mezonlarga mos ravishda amalga oshirilishi bo‘yicha zarur tavsiyalarni berishdi.

Aholi va ishchilar bilan muloqot: Hududni obodonlashtirishda qatnashayotgan ishchi-xizmatchilar va mahalla faollari bilan muloqot qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4