Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
#Okrugda_o‘rganish #Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahalla #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 19-“Xidirsho” saylov okrugi deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich tomonidan saylov okrugiga qarashli “Dug‘oba” mahallasida hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati doirasida o‘rganilmoqda.

O‘rganish davomida mahallaning “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish sanitariya-obodonlashtirish holati, ichki ko‘chalar va umumiy foydalanishdagi hududlarning tozaligi, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish hamda obodonlashtirish ishlarining borishiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, hududning tashqi ko‘rinishini yaxshilash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, obodonlashtirish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish, hududni doimiy ravishda toza va ozoda saqlash zarurligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarining sifati, samaradorligi va natijadorligi muntazam nazorat qilib borilmoqda.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish va mahallaning obodligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3