35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КОТИБИЯТ МУДИРИНИНГ БУГУНГИ ИШ РЕЖАСИ
янв.21
КЕЛГУСИ ЙИЛ ҒАЛЛА ҲОСИЛИ УЧУН ТАЙЁРГАРЛИК БОШЛАНДИ
янв.21
Боғдорчилик ва чорвачилик — эътибор марказида
янв.21
Янгиқўрғонда экотуризм учун янги маскан яратилмоқда
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТНИНГ ҒОЛИБ ЛОЙИҲАЛАРИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ВА МАКТАБ ТАЪЛИМИ БЎЛИМИ ҲИСОБОТИ ЭШИТИЛДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЕРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ ҲУҚУҚИ МАСАЛАСИ СЕССИЯДА КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
СЕССИЯДА ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ПИЁДАЛАР ЙЎЛАКЧАСИНИ ТАЪМИРЛАШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
ТУНГИ ЁРИТИШ ТИЗИМИНИ ЯХШИЛАШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИДА ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
#162_qonun

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-395-son "Elektron hukumat to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan tegishli davlat organlari va tashkilotlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔍 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda:

✅ davlat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish sifati va samaradorligi;

🌐 elektron hukumat axborot tizimlarining uzluksiz va samarali faoliyati;

📲 fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlari uchun elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari;

🔐 axborot xavfsizligi, shaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi va elektron tizimlarning ishonchliligi;

📊 davlat organlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi hamda idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.

📌 Mazkur Qonunning asosiy maqsadi — axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish orqali davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, davlat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatishni rivojlantirish, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay elektron xizmatlar muhitini yaratish hamda davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashdan iborat.

🏢 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1