35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЕЛГУСИ ЙИЛ ҒАЛЛА ҲОСИЛИ УЧУН ТАЙЁРГАРЛИК БОШЛАНДИ
янв.21
Боғдорчилик ва чорвачилик — эътибор марказида
янв.21
Янгиқўрғонда экотуризм учун янги маскан яратилмоқда
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТНИНГ ҒОЛИБ ЛОЙИҲАЛАРИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ВА МАКТАБ ТАЪЛИМИ БЎЛИМИ ҲИСОБОТИ ЭШИТИЛДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЕРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ ҲУҚУҚИ МАСАЛАСИ СЕССИЯДА КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
СЕССИЯДА ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ПИЁДАЛАР ЙЎЛАКЧАСИНИ ТАЪМИРЛАШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
ТУНГИ ЁРИТИШ ТИЗИМИНИ ЯХШИЛАШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИДА ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
665-сонли қарор ижроси юзасидан сессияда ҳисобот берилди
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: muammolar o‘rganilib, amaliy vazifalar belgilandi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 4-Dalmun saylov okrugidan saylangan deputat O.SHerov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamkorligida Qazoqon mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
🔵Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Muloqotda aholi bilan bevosita ishlash, ularni qiynayotgan masalalarga o‘z vaqtida yechim topish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
🔵Shuningdek, mahallada hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi atroflicha o‘rganildi. Ayniqsa, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish, tadbirkorlik va kasb-hunarga jalb etish borasida olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
🔵O‘rganishlar jarayonida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash va ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🔵Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5