35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЕЛГУСИ ЙИЛ ҒАЛЛА ҲОСИЛИ УЧУН ТАЙЁРГАРЛИК БОШЛАНДИ
янв.21
Боғдорчилик ва чорвачилик — эътибор марказида
янв.21
Янгиқўрғонда экотуризм учун янги маскан яратилмоқда
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТНИНГ ҒОЛИБ ЛОЙИҲАЛАРИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ВА МАКТАБ ТАЪЛИМИ БЎЛИМИ ҲИСОБОТИ ЭШИТИЛДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЕРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ ҲУҚУҚИ МАСАЛАСИ СЕССИЯДА КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
СЕССИЯДА ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ПИЁДАЛАР ЙЎЛАКЧАСИНИ ТАЪМИРЛАШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
ТУНГИ ЁРИТИШ ТИЗИМИНИ ЯХШИЛАШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИДА ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
665-сонли қарор ижроси юзасидан сессияда ҳисобот берилди
Mahalla mas’ullarI faoliyati deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 15-“Tuproqqo‘rg‘on” saylov okrugi deputati D.Toshboyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Tuproqqo‘rg‘on mahallasida bo‘lib, mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

O‘rganish jarayonida, avvalo, hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodimning bugungi kundagi faoliyati ko‘rib chiqildi. Ularning aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning ijtimoiy muammolarini aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish borasidagi ishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari, ularning yechimi bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda mas’ullar tomonidan belgilangan vazifalarning ijrosi tahlil qilindi.

Mazkur nazorat-tahlil ishlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” asosida tashkil etildi. Ushbu yo‘nalishlar doirasida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, aholi farovonligini oshirish, bandlik va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand fuqarolar bilan ishlash hamda mavjud muammolarning manzilli hal etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida mahalla mas’ullari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholining murojaatlari va muammolariga o‘z vaqtida yechim topish, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan mahallalardagi mas’ullar faoliyatini o‘rganish, aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashishga qaratilgan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1