35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КОТИБИЯТ МУДИРИНИНГ БУГУНГИ ИШ РЕЖАСИ
янв.21
КЕЛГУСИ ЙИЛ ҒАЛЛА ҲОСИЛИ УЧУН ТАЙЁРГАРЛИК БОШЛАНДИ
янв.21
Боғдорчилик ва чорвачилик — эътибор марказида
янв.21
Янгиқўрғонда экотуризм учун янги маскан яратилмоқда
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТНИНГ ҒОЛИБ ЛОЙИҲАЛАРИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ВА МАКТАБ ТАЪЛИМИ БЎЛИМИ ҲИСОБОТИ ЭШИТИЛДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЕРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ ҲУҚУҚИ МАСАЛАСИ СЕССИЯДА КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
СЕССИЯДА ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ПИЁДАЛАР ЙЎЛАКЧАСИНИ ТАЪМИРЛАШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
ТУНГИ ЁРИТИШ ТИЗИМИНИ ЯХШИЛАШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИДА ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #deputatga_murojaatlar

Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “4-Qoryog‘di” saylov okrugi deputati Djalolov Sanjar Gayratovich tomonidan Qoryog‘di mahallasida mahalla faollari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

💬 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning yechimini topish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.

🖋️ Jumladan, Sadoqat ko‘chasi, 22-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M.F.ning murojaati asosida hududdagi muammo joyiga chiqib o‘rganildi.

🗣 Murojaatda 109-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi stadioni yonidan o‘tuvchi, Sadoqat va Mehmondo‘st ko‘chalarini bog‘lab turuvchi kichik yo‘lning yopilib qolgani sababli mahalla aholisi, xususan, maktab o‘quvchilari uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani qayd etilgan.

👁 O‘rganish davomida mazkur yo‘lning amaldagi holati, undan fuqarolar va o‘quvchilarning foydalanish imkoniyati hamda hududdagi harakatlanish qulayligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

📁 Deputat tomonidan murojaatda ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish, fuqarolar va o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

🇺🇿 O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Kengash Ekspert guruhi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

📈 Fuqarolar murojaatini tinglash — ishning boshlanishi. Uni joyiga chiqib o‘rganish va amaliy yechim topish esa deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🖼️ Aholining kundalik hayotiga ta’sir ko‘rsatayotgan har bir masalani joyida o‘rganish, muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3