35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
MUSTAQILLIKNING 35 YILLIK TO‘YIGA TO‘YONA: DEPUTAT TASHABBUSI BILAN BOLAJONLAR UCHUN ZAMONAVIY MAYDONCHALAR YANGILANMOQDA

#Qaror_Ijrosi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️ MUSTAQILLIKNING 35 YILLIK TO‘YIGA TO‘YONA: DEPUTAT TASHABBUSI BILAN BOLAJONLAR UCHUN ZAMONAVIY MAYDONCHALAR YANGILANMOQDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2025-yil 7-noyabrdagi VII-16-179-14-0-K/25-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Shayxontohur tumanidagi bir qator mahallalarda bolalar maydonchalarini qurish va qayta ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov hamda 33-“Beltepa” saylov okrugi deputati Umidjon Sanakulov birgalikda “Bo‘ston”, “Yangi Jarariq”, “Ibn Sino”, “Beltepa” va “Katta Jarariq” mahallalarida bo‘lib, Kengash qarorida belgilangan vazifalarning ijro holatini ko‘zdan kechirdi.

📝 Mazkur loyihalar deputat Umidjon Sanakulovning saylov okrugidagi dolzarb muammolarni hal etish yuzasidan bildirgan taklifi asosida Kengash qaroriga kiritilgan. Qarorga muvofiq, ushbu beshta mahallada bolalar maydonchalarini qurish va qayta ta’mirlash uchun 1 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

📁 O‘rganish davomida har bir mahalladagi bolalar maydonchalari holati, amalga oshirilishi belgilangan ishlar ko‘lami hamda loyihalarning amaldagi ijrosi muhokama qilindi. Hozirda “Beltepa” mahallasida qaror ijrosi doirasidagi amaliy qurilish va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilgani qayd etildi.

🔺 Mas’ullar bilan muloqotda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, ishlarni belgilangan talablar asosida sifatli bajarish hamda qolgan mahallalarda ham loyihalarni izchil amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ “Bo‘ston”, “Yangi Jarariq”, “Ibn Sino”, “Beltepa” va “Katta Jarariq” mahallalarida bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy maydonchalar yaratishga qaratilgan mazkur Kengash qarorining ijrosi deputatlik va Kengash nazoratida davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9