35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
Mahalladagi ishlar deputatlar nazoratida

Shundan so‘ng, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar Kengashning 10-“Navro‘z” saylov okrugi deputati X.Xolmuminov okrugiga qarashli “Baynalminal” mahallasida bo‘lib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mahalla raisi bilan suhbat o‘tkazdilar.

Suhbat davomida mahalla raisining hududdagi xonadonlar bilan ishlashi, aholini qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, obodonlashtirish va hudud infratuzilmasini yaxshilash borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida mahalla raisi tomonidan hududda mavjud ayrim muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda yechimi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ularning ijrosini nazoratga olish va aholi murojaatlariga manzilli yondashish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida mahalladagi ishlarni yanada tizimli tashkil etish, aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.