35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЕЛГУСИ ЙИЛ ҒАЛЛА ҲОСИЛИ УЧУН ТАЙЁРГАРЛИК БОШЛАНДИ
янв.21
Боғдорчилик ва чорвачилик — эътибор марказида
янв.21
Янгиқўрғонда экотуризм учун янги маскан яратилмоқда
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТНИНГ ҒОЛИБ ЛОЙИҲАЛАРИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ВА МАКТАБ ТАЪЛИМИ БЎЛИМИ ҲИСОБОТИ ЭШИТИЛДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЕРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ ҲУҚУҚИ МАСАЛАСИ СЕССИЯДА КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
СЕССИЯДА ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ПИЁДАЛАР ЙЎЛАКЧАСИНИ ТАЪМИРЛАШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
ТУНГИ ЁРИТИШ ТИЗИМИНИ ЯХШИЛАШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИДА ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
665-сонли қарор ижроси юзасидан сессияда ҳисобот берилди
3-sonli maktabda o‘rganish ishlari olib borildi
3-sonli maktabda o‘rganish ishlari olib borildi


Ta’lim muassasasidagi sharoitlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qo‘ziyev Ravshan Raimovich hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Navoiy shahridagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabdagi ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinfxonalarning holati, maktab hududining obodonligi va xavfsizligi masalalariga e’tibor qaratildi.

📚 Shuningdek, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi hamda mavjud muammolar o‘rganildi.

⚖️ Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni talablari asosida ta’lim oluvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va ta’lim sifatini ta’minlash masalalariga qaratilgan.

📌 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun qulay ta’lim muhitini yaratish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

🤝 Sifatli ta’lim va munosib sharoit — yosh avlod kelajagining muhim poydevoridir.
Slide 1 of 3