35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЕЛГУСИ ЙИЛ ҒАЛЛА ҲОСИЛИ УЧУН ТАЙЁРГАРЛИК БОШЛАНДИ
янв.21
Боғдорчилик ва чорвачилик — эътибор марказида
янв.21
Янгиқўрғонда экотуризм учун янги маскан яратилмоқда
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТНИНГ ҒОЛИБ ЛОЙИҲАЛАРИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ВА МАКТАБ ТАЪЛИМИ БЎЛИМИ ҲИСОБОТИ ЭШИТИЛДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЕРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ ҲУҚУҚИ МАСАЛАСИ СЕССИЯДА КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
СЕССИЯДА ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ПИЁДАЛАР ЙЎЛАКЧАСИНИ ТАЪМИРЛАШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
ТУНГИ ЁРИТИШ ТИЗИМИНИ ЯХШИЛАШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИДА ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
665-сонли қарор ижроси юзасидан сессияда ҳисобот берилди
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARI FAOLIYATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI BO‘YICHA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida amaliy ishlar izchil olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appaqov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O. Olimjonov Andijon shahridagi "Sarvontepa" MFYda bo‘lib, mahalladagi ishlar bilan tanishdi.

Muloqot davomida mahalla raisi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, mahalla yettiligi faoliyati hamda aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasidagi ishlar yuzasidan ma'lumot berildi.

Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb etish, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolar muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi matbuot xizmati

Slide 1 of 1