Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida amalga oshirilayotgan “Tumanda ijtimoiy sohani rivojlantirish kichik dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati X. Jo‘raxolov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Suvankulov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Yo‘l xarita”ning 17-bandida belgilangan “Joylarda jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini o‘tkazish” vazifasi ijrosi yuzasidan Boyovut tumani 1-son sport maktabi faoliyati bilan tanishildi. Tashrif davomida sport maktabida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi hamda sport infratuzilmasining holati o‘rganildi.

Shuningdek, mazkur vazifa ijrosi doirasida “Biz yoshlar sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz – giyohvandlikka yo‘q deymiz!” shiori ostida mahalla yoshlari o‘rtasida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda giyohvandlik kabi salbiy illatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7