Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Gulistonda elektr ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF–158-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida shahar aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Guliston shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘ining hisoboti eshitilib, Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining tegishli qarori qabul qilingan edi.

🔎 Mazkur qaror ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati doirasida Do‘stlik MFY hududidagi quvvati 250 kVA bo‘lgan 332-sonli transformator punktida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Nargiza Zafarova tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

📝 O‘rganish davomida transformator punktida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari, ularning sifati hamda belgilangan talab va me’yorlarga muvofiqligi tahlil qilindi.

📌 Deputat tomonidan mazkur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratda olib borilmoqda.

Slide 1 of 2