Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
"Yashil makon": Muqimiy mahallasida 600 tup ko‘chatdan iborat yangi bog‘ barpo etilmoqda!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi deputatlari Y.To‘ychiyev, X.Nazarova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan “Muqimiy” MFY hududida tashkil etilayotgan “Yashil bog‘” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur hududda amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ekilgan daraxt va o‘simliklarning holati hamda ularni parvarishlash tizimi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar bog‘ hududiga 600 ga yaqin manzarali va mevali daraxtlar hamda turli o‘simliklar ekilgan.

Deputatlar tomonidan ko‘chatlarning rivojlanish darajasi, sug‘orish tizimining samaradorligi hamda hududni yanada kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilinib, bog‘ni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ushbu yashil hududning ekologik ahamiyati, havoning tozaligini ta’minlashdagi o‘rni hamda kelgusida mahalla aholisi uchun dam olish maskani sifatida xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Mutasaddilar tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasidagi ishlarni izchil davom ettirish, ko‘chatlarni parvarishlashni kuchaytirish hamda yashil hududlar maydonini kengaytirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4