Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Doimiy komissiyada murojaatlar bilan ishlash natijalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” navbatdagi yig‘ilishida tuman hokimligi devonxona mudiri F. Yarashevning 2026-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash natijalari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Hisobotga ko‘ra, tuman hokimligiga kelib tushgan murojaatlar tarkibi quyidagicha: 46 tasi shaxsiy va sayyor qabul orqali, 10 tasi yozma, 59 tasi elektron hamda 22 tasi veb-saytlar orqali kelib tushgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari orqali 62 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarda asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga uy-joy ajratish, uylarni ta’mirlash, tadbirkorlik uchun yer maydoni ajratish, fermer xo‘jaliklari faoliyati, davolanish uchun moddiy yordam, bandlikni ta’minlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash, ijtimoiy yordam ko‘rsatish, oqova suv tizimlarini yangilash hamda tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga ulanish masalalari ko‘tarilgan.

Yig‘ilish davomida keltirilgan ko‘rsatkichlar tahlil qilinib, o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirildi hamda joriy yilda murojaatlar soni kamaygani alohida qayd etildi.

Slide 1 of 1