Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Marg‘ilondagi “Xonaqoh madrasasi”ning bugungi holati o‘rganildi

✅Farg‘ona viloyatining boy tarixiy va madaniy merosi tarkibiga kiruvchi Marg‘ilon shahridagi “Xonaqoh madrasasi”ning bugungi holati mas’ullar tomonidan o‘rganildi. Mazkur o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari hamda Farg‘ona viloyati madaniy meros boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etdi.

✅Obyekt Marg‘ilon shahri, O‘rdatagi MFY, B.Marg‘iloniy ko‘chasi, 172-B uy manzilida joylashgan bo‘lib, u XIX asrga oid noyob arxitektura yodgorligi hisoblanadi. “Xonaqoh madrasasi” moddiy madaniy merosning mahalliy ahamiyatga ega obyektlari turkumiga kiritilgan.

✅O‘rganish davomida mutaxassislar tomonidan inshootning texnik holati, saqlanish darajasi hamda restavratsiya ehtiyojlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tarixiy obidani asrab-avaylash, uning asl qiyofasini saqlab qolish hamda kelajak avlodlarga yetkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

✅Mutasaddilar ta’kidlashicha, bunday tarixiy obidalar nafaqat hududning madaniy qiyofasini belgilaydi, balki turizm salohiyatini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois “Xonaqoh madrasasi” kabi obyektlarni muhofaza qilish, ularni ta’mirlash va samarali foydalanish bo‘yicha aniq choralar ishlab chiqilishi zarur

Slide 1 of 5