Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Deputat nazorati: Shohidon ko‘chasida ta’mirlash ishlari boshlandi!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Yunusov tomonidan aholi murojaatlari asosida “Shohidon” ko‘chasida boshlangan joriy ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yo‘lning nosoz qismlarini bartaraf etish, asfalt qoplamasini yangilash hamda ishlarning texnik talablarga muvofiq olib borilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar vakillariga ish sifatini ta’minlash va belgilangan muddatlarga amal qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, hudud aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Fuqarolar tomonidan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ijobiy munosabat bildirildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilgach, ko‘chada piyodalar va avtotransport vositalari harakati uchun yanada qulay sharoitlar yaratiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4