Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ КУНИ ТАШКИЛИЙ ЙИҒИЛИШ БИЛАН БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА — МУРОЖААТЛАР ОРТИДА ИНСОН ТАҚДИРИ БОР
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЖОЙЛАРДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich tomonidan Zang Gilambob mahallasida joylashgan 27-sonli umumta’lim maktabida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich tomonidan Zang Gilambob mahallasida joylashgan 27-sonli umumta’lim maktabida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida maktab jamoasi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ta’lim jarayonining bugungi holati, o‘qituvchilar faoliyati hamda o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr almashildi. Xodimlar tomonidan mavjud taklif va mulohazalar qisqacha bayon etildi. Shundan so‘ng maktabda yaratilgan moddiy-texnik baza, jumladan zamonaviy elektron monitorli ekranlar bilan jihozlangan sinflarda olib borilayotgan dars jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Ushbu texnologiyalar orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar Kengash raisiga tanishtirildi. Shuningdek, axborottexnologiyalari xonalari ham o‘rganilib, ularning jihozlanish darajasi, o‘quvchilar tomonidan foydalanish imkoniyatlari hamda raqamli ta’limni rivojlantirish borasidagi holat tahlil qilindi. O‘rganish yakunida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish hamda o‘qituvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1