Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ КУНИ ТАШКИЛИЙ ЙИҒИЛИШ БИЛАН БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА — МУРОЖААТЛАР ОРТИДА ИНСОН ТАҚДИРИ БОР
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЖОЙЛАРДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Nazorat tadbiri davom etmoqda

 Nazorat tadbiri davom etmoqda

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurodov Abdusalom Javliyevich tomonidan 23-Zartepa saylov okrugida joylashgan Zang gilambob mahallasidagi 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat tadbiri o‘tkazildi. Mazkur nazorat jarayonida tuman Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov ham ishtirok etib, muassasa faoliyati atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar davomida bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, o‘yin maydonchalari, bolalar rivoji uchun xizmat qiluvchi kutubxona hamda tarbiyaviy muhit alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Muassasa 90 o‘rinli bo‘lib, 4 ta guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, ichki infratuzilma va jihozlanish darajasi ham ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bolalarning ovqatlanish jarayonlari o‘rganilib, oshxona xodimlari bilan suhbat o‘tkazildi hamda bolalar ratsionining belgilangan me’yorlarga muvofiqligi tahlil qilindi. 🔍 Nazorat tahlili yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish bo‘yicha Kengash raisi tomonidan aniq vazifalar berildi. Mazkur nazorat tadbirlari orqali maktabgacha ta’lim tizimida sifat va samaradorlikni oshirish, bolajonlarning har tomonlama rivoji uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 1