Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ КУНИ ТАШКИЛИЙ ЙИҒИЛИШ БИЛАН БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА — МУРОЖААТЛАР ОРТИДА ИНСОН ТАҚДИРИ БОР
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЖОЙЛАРДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Deputatlar tomonidan ta’lim muassasalarini rivojlantirish ishlari o‘rganildi

             Jalaquduq tumanida ta’lim muassasalarini rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda aholiga sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar izchil davom etmoqda. Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi raisi Sh. Xayitoxunov, kotibiyat mudiri I. Jo‘rayev, doimiy komissiya raisi E.Qurbonov hamda hududdan viloyat Kengashi deputatligiga saylangan deputat O.Nosirovlar tomonidan “Ochiq budjet” tanlovining birinchi bosqichida g‘olib deb topilgan 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Jahon banki mablag‘lari hisobidan ta’mirlanishi rejalashtirilayotgan 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida qurilish-ta’mirlash ishlarini boshlashga tayyorgarlik jarayonlari, loyiha-smeta hujjatlarining sifati va to‘liqligi hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, maktab pedagogik jamoalari, o‘quvchilar va mahalliy aholi vakillari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish, ajratilgan budjet mablag‘laridan samarali va shaffof foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvlar davomida qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida va yuqori sifatda amalga oshirish, shuningdek, mazkur jarayonlar ustidan samarali deputatlik va jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. 

   

Slide 1 of 8