Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda

Uchtepa tumanida investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari Sanjar Djalolov hamda Kamolidin Azizovlar tomonidan Uchtepa tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi doirasida belgilangan 47 ta investitsiya loyihasidan navbatdagi 2 tasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

 ↗️ Xususan, tashabbuskor Hamidova Parida Kabilovna tomonidan amalga oshirilayotgan xususiy tibbiyot diagnostika markazi qurilish ishlari bilan tanishildi. Mazkur loyiha O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 80 mlrd. so‘mni tashkil etib, uning ishga tushirilishi natijasida tumandagi 200 nafardan ortiq fuqarolarni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

 🏨 Shuningdek, “Shuhrat” MChJ tomonidan Uchtepa va Chilonzor tumanlari tutash hududida, aholining eng gavjum qatnov nuqtalaridan birida barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli savdo va maishiy xizmatlar markazi qurilishi ham o‘rganildi. Mazkur markazda zamonaviy kiyim-kechak do‘konlari, maishiy texnika savdo shoxobchalari hamda turli xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyat yuritishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, loyiha doirasida zamonaviy hostel majmuasi ham barpo etilmoqda.

 Ushbu markaz “Shuhrat” MChJ tomonidan 45 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilayotganligi ta’kidlandi.

 ✅ O‘rganishlar davomida deputatlar tomonidan loyihalarning amalga oshirilish jarayonlari, yaratilayotgan ish o‘rinlari hamda hudud infratuzilmasiga qo‘shilayotgan hissasi alohida e’tirof etildi.

 🔵 Deputatlar tomonidan investitsiya loyihalarini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda..

Slide 1 of 7