Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, tuman obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash uchun tuman Kengashi qarori bilan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu maqsadda tuman Kengashi raisi X. Sultanov hamda “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” raisi Z. Davlatov Sahovat mahallasida bo‘lib, joylardagi ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahalladagi A. Qodiriy ko‘chasining 1237 metr qismida (umumiy rejalashtirilgan hajm — 4200 kvadrat metr) shag‘allashtirish ishlari olib borilayotgani aniqlandi. Mazkur qurilish-montaj ishlarining umumiy qiymati 242 mln 639 ming so‘mni tashkil etadi.

Ta’mirlash ishlarini 2026-yil 10-may holatiga qadar yakunlab topshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tumandagi ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash uchun tuman Kengashi qarori bilan ajratilgan 4 mlrd 400 mln so‘m mablag‘ning o‘zlashtirilishi deputatlar tomonidan mahallalar kesimida doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Slide 1 of 2