Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Qonun targ‘iboti

Qonun targ‘iboti 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Jo‘rayeva tomonidan mahalla “yettiligi” a’zolari ishtirokida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (№O‘RQ-561, 02.09.2019) mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

📱Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Qayd etilganidek, ushbu chora-tadbirlar natijasida mahallalarda jinoyatchilikni qariyb 1,5 baravarga kamaytirishga erishildi.

✏️ Mazkur ijobiy natijalarni yanada mustahkamlash hamda profilaktika ishlarini manzilli va samarali tashkil etish maqsadida Istiqlol mahallasida 2026-yilning 2-choragi uchun ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” asosida vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2