Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Aholi tomorqalari faoliyatini rivojlantirish yuzasidan seminar o‘tkazildi

Aholi tomorqalari faoliyatini rivojlantirish yuzasidan seminar o‘tkazildi

Sariosiyo tumanida tanlab olingan og'ir mahallalarda aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni takomillashtirish, “Tomorqa maktablari” faoliyatini rivojlantirish hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida seminar tashkil etildi. 

Unda tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O.Yaqubov tomonidan mahallalarda tomorqachilikni tizimli rivojlantirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va hosildorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, hokim yordamchilarining aholi bilan ishlash va daromad manbalarini kengaytirish borasidagi faoliyati ko‘rib chiqildi.

Seminarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Go‘zal Samiyeva hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati C.Kosimovlar aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, daromadli ekin turlarini joriy etish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash yuzasidan tavsiyalar berishdi.

Yakunda mas’ullarga aholiga amaliy yordam ko‘rsatish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar va aniq vazifalar berildi.

Slide 1 of 4