Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi va muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 19-Toshkesgan saylov okrugidan saylangan deputat O.Mamato‘rayev, Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat G.Xudoyarova, kotibiyat bosh mutaxassisi H.To‘rayev hamda tuman “Madad” NNT xodimi M.Mamatqulovlar tomonidan Toshkesgan mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Dastlab, Toshkesgan mahallasi “yettiligi” faoliyati bilan tanishildi hamda hududdan Kengashga murojaat qilgan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari atroflicha o‘rganildi.

Shundan so‘ng, mahalla hududidagi mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Xususan, avtomobil yo‘llarini asfaltlash, ichimlik suvi ta’minoti, tungi yoritish tizimini yaxshilash hamda yo‘l belgilari o‘rnatish bilan bog‘liq muammolar aniqlandi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.

Slide 1 of 8